Варикозни даволаш усуллари на сайте варикоз-излечим.рф

Varikoz kasalligi va uni davolash usullari

Venalarning varikoz kengayishi bu – vena qon tomirlarining shishib qolishidir. Qon tomirlarda qonning yaxshi oqmasligi tufayli, qon tomirlar kengayishni boshlaydi. Qon tomir devori juda yupqa yupqa bo‘lib qoladi va terining yuza qismlarida ko‘k rangda ko‘rinadi. Venalarning varikoz kasalliklari juda keng tarqalgan kasallik hisoblanib, kasallikning rivojlanishi uchun ko‘plab omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shu jumladan organizmdagi endokrin o‘zgarishlar – kasallik asosan ayollarda uchraydi – ​ hayz sikli, homiladorlik, tug‘ruq, menopauza va klimaks holatlarida organizmning endokrin sistemasida katta o‘zgarishlar kuzatiladi.

Vena tomirining ushbu kasalligi – butun dunyoda keng tarqalgan patologik holar hisoblanadi. Ushbu fakt vena tizimini o‘rganish, tashxis qilish va davolash tibbiyotning yangi sohasi – Flebologiyani paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

Vena tizimi kasalliklari ichida eng keng tarqalgani bu vena tomirlarining Varikoz kengayishidir. Misol uchun tizimning boshqa kasalliklari: orqa chiqaruv venasi kengayishi (gemorroy-bavosil), qizilo‘ngach, urug‘don kanali venasi (Varikotselle) kabilar bo‘lishi mumkin.

Biroq eng keng tarqalgani va eng oddiy belgilari bilan ham bilish mumkin bo‘lgani bu venalarning varikoz kengayishidir.

Varikoz kasalligining sabablari

  • Bu ko‘p vaqt tik oyoqda turib ishlovchilarda uchraydi. Chunki uzoq muddat tik holatda ishlash natijasida oyoqlardagi qon tomirlarda qon bosimi oshadi va o‘z navbatida venalarning chuqur o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi. Bunga yana organizmning ortiqcha vazn holati ham ta’sir ko‘rsatadi.
  • Irsiy moyillik. Agar ota-onaning har ikkisida venalarning varikoz kasalliklar uchrasa, 70 % ehtimol bilan ularning farzandlarida ham uchrashi aniqlangan.
  • Kam harakat hayot tarzi. Bu omilni flebologlar (ven qon tomirlari va ularning kasaliklari bilan shug‘illanuvchi shifokor) asosiy omil hisoblashadi. Agar inson ko‘p vaqt davomida kompyuterda ishlasa ham kasallikning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
  • Endokrin tizim o‘zgarishlari: Bu omil ko‘proq ayollarda uchraydi. Chunki ayolarning organizmida ba’zi vaqtlarda esterogen gormoni juda kam miqdorda ishlab chiqariladi. Lekin sariq tana organizmda esterogenning sintezini kuchaytiradi. Esterogen esa qon tomirlar muskul qavatining tonusini pasaytiradi.
  • Vena qon tomirlarida qon oqimining buzilishi tufayli. Bu omil qon tomirlarning ichida hosil bo‘ladigan tromb, o‘sma kabi ta’sirida yuzaga keladi.

Yuqoridagi omillardan tashqari venalarning varikoz kasalliklariga insonlar hayot tarzi ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Agar inson hayoti davomida ko‘p miqdorda spirtli ichimliklar istemol qilsa, bunday insonlarda varikoz kasalligi yuzaga kelishi foizi ko‘proqdir. Chunki zaharli moddalar, spirtlar qon tomirlariga gipotonik ta’sir ko‘rsatadi.

Venalarning varikoz kengayishi kasalligi belgilari

  • Oyoqlarda uzoq muddat tik yurganda og‘riq kuzatiladi;
  • Tunda oyoqlarning qaltirash bezovta qiladi;
  • Kechqurun oyoqlarda shishlar kuzatiladi;

Agar shu bosqichda kasallikning oldini olinmasa, kasallik yanada avj oladi va quyidagi belgilar yuzaga kela boshlaydi:

  • Teri qoplamalarida venoz to‘rlari yaqqol ko‘rina boshlaydi;
  • Teri to‘q rangda, unda jigarrang-pushti dog‘lar paydo bo‘ladi
  • Agar tizzaning orqa qismini palpatsiya qilib ko‘rilsa, varikozga uchragan vena qon tomirini oson aniqlash mumkin;
  • Bemor yotgan holatda bo‘lsa, venalar yo‘qoladi, agar holati qaytsa yana paydo bo‘ladi.

Agar venalarning varikozi uzoq muddat davom etadigan bo‘lsa, quyidagi simptomlar yuzaga kela boshlaydi:

  • Venalarning o‘zgarishga uchragan qismlarida pigment almashinuvining buzilishi;
  • Palpatsiya qilib ko‘rilganda o‘zgarishga uchragan sohada qattiq hosila seziladi;
  • Trofik yaralar.

Surunkali venoz yetishmovchiligi

  • Zararlangan qon tomir sohasida qichishish;
  • Kechqurun oyoqlardagi qaltirashlar;
  • Oyoqdagi shishlar;
  • Yumshoq to‘qimalardagi shishlar;
  • Yara paydo bo‘lishi

Yuzaki venalardagi tromboflebitlar

  • Zararlangan qon tomir sohasida qizarishlar;
  • Og‘riq belgilarining hayot davomida kuchayib borishi;
  • Bemorda haroratning ko‘tarilishi (subfebril darajagacha);
  • Qon tomir zararlangan sohada haroratning mahalliy ko‘tarilishi;
  • Palpatsiyada yumshoq to‘qimaning qattiqlashuvini aniqlash mumkin.

Bunday holat inson hayotining 100% o‘limi bilan tugashi ehtimolligi yuqori bo‘lladi. Chunki zararlangan qon tomirida hosil bo‘lgan qon quyqasi yoki tromb yaqindagi qo‘shni tomirlarni ham zararlashi mumkin.

Trofik yaralar

Bunday yaralar venalarda chuqur o‘zgarishlar natijasida yuzaga keladi va tez yordam ko‘rsatishni talab etadi. Trofik yaralar sekinlik bilan rivojlanadi. Shuning uchun quyidagi patologik holatlarga e’tibor qilish zarur:

  • Teri qoplamasi zararlangan sohasida to‘q rangli hosila paydo bo‘ladi;
  • Teri ko‘k rangda ko‘rinadi va yaltiraydi.

O‘pka arteriyasining tromboemboliyasi

Bu kasallik ko‘p hollarda bemorlarning to‘satdan o‘limiga olib keladi. Shuning uchun shifokorlar venalarning varikoz kasalliklarini o‘z vaqtida davolashni talab qilishadi. Bunday kutilmagan o‘limning sababi shuki, o‘zgarishga uchragan sohada hosil bo‘lgan tromb qon oqimi bilan hayotiy muhim qon tomiri o‘pka arteriyasiga borib tiqilib qoladi.

Bunda bemorda quyidagi klinik belgilar kuzatiladi:

  • Ko‘krak sohasida tez, bosuvchi og‘riq;
  • Kollaps holatiga tushish;
  • Og‘iz-burun uchburchagida ko‘karishlar;
  • Xirillash.

Agar yuqoridagi belgilar kuzatiladigan bo‘lsa, zudlik bilan tez tibbiy yordam ko‘rsatilishi zarur.

Varikoz kasalligini tashxislash

Varikoz kasalligi tekshiruvi bemor oyoqlarini palpatsiya (barmoq bilan bosib ko‘rish) ga asoslangan. Bundan tashqari, maxsus tadqiqotlar o‘tkaziladi:

  • Funksional sinama (proba);
  • Venalarni dupleks ultratovush skaner qilish;
  • Dopplerografiya;
  • Flebografiya.

Varikozni davolash

Bemorlarni davolashni varikozning eng birinchi belgilar yuzaga kelgandayoq boshlash zarur. Hozirgi kunda umumiy va mahalliy qo‘llash uchun dori vositalari yetarlicha va bu flebolog-shifokor tomonidan individual tanlanadi.

Varikoz kasalligi medikamentoz (dori vositalari bilan) yoki jarrohlik usuli bilan davolanadi.

Medikamentoz usullarda davolash asosan, vena qopqoqlari ishini rag‘batlantiruvchi, tomirlar devorlarini oziqlantiruvchi hamda tomirlardagi quyqa (tromb)larni erituvchi dorilar beriladi. Bularga Detraleks, Troksivazin, Lioton Gel hamda yallig‘lanishga qarshi surtmalar tavsiya qilinishi mumkin. Kasallikning oxirgi bosqichlarida qon quyuqlashishiga qarshi (antikoagulyantlar) preparatlar tromblarning so‘rilishi va profililaktikasi uchun talab qilinadi.

Jarrohlik usuli: Operatsiyalar varikozning juda kengayishida, terining trofik kasalliklarida, o‘tkir tromboflebitda buyuriladi. Jarayon lazer nurlari bilan amalga oshiriladi. Bu nisbatan xavfsiz, tezkor va og‘riqsiz usuldir. Biroq, biz Varikoz hatto jarrohlikdan keyin ham qaytalanishi mumkinligi inobatga olishimiz kerak! Shu sababli be’morga qat’iy tartibda ortiqcha yuk va mehnatni cheklab, profilaktik choqalarga amal qilish shart!

Albatta venalarning varikoz kengayishlarida diyetaga rioya qilish zarur. Bunda bemor

  • Xamirli, shirin va yog‘li taomlarni cheklash zarur. Birinchi navbatda ortiqcha vazndan halos bo‘lish muhim ahamiyatga ega. Agar bemorning vazni normal bo‘lsa, zararli taomlarni cheklash zarur.
  • Choy bilan qahvani ham kam miqdorda iste’mol qilish kerak. Qahvani sut bilan aralashtirib ichish tavsiya etiladi.
  • Yangi tayyorlangan olcha, shaftoli, sitrus mevalarning sharbatlarini muntazam iste’mol qilish kerak. Agar shifokor ko‘rigidan so‘ng tromboflebitga ehtimol bo‘lsa, oshqovoq sharbati judayam foydalidir.

Varikozning oldini olish

Varikozning oldini olish uchun shifokorlar quyidagi tavsiyalarni beradilar:

  • Dam olish va ish vaqtini to‘g‘ri tashkillashtirish kerak. Shunda oyoqlarga tushadigan zo‘riqishni oldini olishimiz mumkin.
  • Agar venalarning kengayishi ish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa, unda (ko‘p vaqt bir yerda tik turish, o‘tirish) holatni tez-tez almashtirib turish zarur.
  • Ayollar uzoq muddat tor, uzun poshnali oyoq kiyimlarni kiyib yurishi taqiqlanadi.

Quyidagi videolavha orqali «Homiladorlikda venalarning varikoz kengayishi» kasalligi haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Salomatlik eng katta boylik. Salomat bo‘ling!

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!

Оёқлардаги веналарнинг варикоз кенгайиши

Варикоз бу веналарнинг турли сабабларга кўра ўз мустаҳкамлиги ва эластиклигини йўқотиши оқибати келиб чиқадиган касаллик.

Варикоз касаллиги сабаблари

Кўпинча оёқлардаги териости юза веналарининг кенгайиши , клапанларнинг (қопқоқларнинг) бўшлиги ва веноз қон оқишининг бузилишидан сабабли пайдо бўлади. Бирламчи варикоз кенгайиш юза вена деворлари заифлиги, вена қопқоқларининг нуқсонлари билан боғлиқ.

Бир қанча бошқа касалликлар ва жараёнлар, масалан семириш, ҳомиладорлик, узоқ муддат тик туриш, бириктирувчи тўқиманинг туғма заифлиги бу касалликнинг ривожланишига имкон беради. Иккиламчи варикоз кенгайиши чуқур веналар ўтказувчанлигининг бузилиши муносабати билан юзага келади. Бунга сабаб тромбоз, вена клапанларининг етишмовчилиги, вена деворларини туғма заифлиги туфайли веноз қон оқишининг бузилиши ҳисобланади.

Варикоз касаллиги белгилари

Хасталик аломатлари одатда бошланғич даврдаёқ яққол намоён бўлади. Лекин ноқулайлик тўғдирмагани учун кўпчилик эътибор бермайди.

Касаллик симптомлари қўйидагилар:

  • Варикоз касаллигида веналар кенгайиши пайдо бўлгунига қадар оғир оёқлар деб аталадиган синдромни пайқаш мумкин – кечки пайтларга бориб бемор оёқлари шишади, оғрийди, киши ўзини чарчагандай ҳис қилади.
  • Томир юлдузчалари (телеангиоэктазиялар) – унча катта бўлмаган томирчалар тўрлари пайдо бўлиши мумкин.
  • Асосий белгиси – тери орасидан шишган, сертугун, кўриниб турган веналар бўлиб, тери сиртига ирғиб чиқади.
  • Сўнгги босқичларда тери рангининг ўзгариши, веналар атрофидаги терида ҳам, веналарнинг ўзида ҳам шамоллашнинг ривожланиши (тромбофлебитлар), варикоз тугунчалардан қон кетиши кузатилади, яхши битмаган яралар пайдо бўлади.

Бир қарашда бу хасталик унча катта муоммо туғдирмайдигандек туйилади. Лекин шуни унутмаслик керакки варикоздан буткул қутулиш мушкул, касаллик узоқ муддат сурункали кечади. Шу боис бемор хаётини анчагина бузади.

Энг хавфли асоратлари:

  • ўткир тромбофлебит
  • варикоз тугунининг ёрилиб қон кетиши
  • трофик яралар

Шифокорга қачон мурожаат қилиш керак? Касалликнинг дастлабки аломатлари пайдо бўлганда шифокорга (қон томир жарроҳига) мурожаат қилиш керак. Фақат бошланғич паллалардагина варикоз касаллиги ривожланишининг олдини олиш мумкин.

Варикозга ташхис қуйиш

Ташхис қўйиш учун умумий шифокор кўриги ва одатдаги таҳлиллар буюришдан ташқари, веноз қон айланишининг ҳолати текширилади. Касаллик сабабларини аниқлаш ва тўғри даволаш учун чуқур веналар ўтказувчанлигини текшириш ва вена клапанлари фаолиятига баҳо бериш катта аҳамият касб этади.

Шу мақсадда турли усуллар қўлланади

  • ультратовуш текширувлари допплерография, дуплекс сканерлаш
  • рентгеноконтраст флебография

Доплер УЗИ касалланган томирларда қон оқиш тезлигини ўлчай олади. Бу эса шифокорга шикастланган веналарнинг ахволини тўғри бахолаш ва энг оптимал даволаш йўлини танлашга имконини беради. Бошқача қилиб айтганда ултратовуш ва флебография даволаш усулини аниқ танлашга ёрдам беради

Варикоз касаллиги даволаш усуллари

Варикоз касаллигини даволаш томир жарроҳлари, флебологлар вазифасига киради. Улар беморни қандай даволашни ҳал этишади. Хасталикни даволашни икки усули бор, концерватив яъни дорилар ёрдамида ва жарроҳлик усули. Шуни унутмаслик керакки дорилар ёрдамида варикозни тўлиқ даволаб бўлмайди, бундай даволаш беморнинг аҳволини фақат бирмунча енгиллаштириши мумкин. Концерватив даво, касаллик ривожланишининг илк босқичидагина самара бериши мумкин. Бунда дори воситалари билан биргаликда компрессион муолажа ҳам қўлланилади.

Дори воситаларини шифокор тавсияси ва унинг назорати остида қабул қилиш лозим. Қўйидаги маълумотлар фақат танишиш учун.

Суртма дорилар: Актовегин, Гепатромбин, Рутозид (Рутин, Венорутон), Троксерутин (Троксевазин).
Ичиладиган дорилар: Анавенол, Антистакс, Венза, Веноплант, Гинкорфорт, Детралекс, Кальций добезилат (Доксилек, Доксиум, Доксихем) Трибенозид (Гливенол), Троксерутин (Троксевазин).

Компрессион муолажада махсус тиббий буйумлардан фойдаланилади. Бу муолажада эластик матолардан таййорланган махсус чулки, колгот, гольфларни ҳар доим кийиб юриш керак бўлади. Бу буйумлар шикастланган томир жойлашган соҳани сиқиб қон келишини камайтиради, ва вена бирмунча зўриқишдан халос бўлади. Юқорида айтилганидек бу муолажа варикознинг бошланғич вақтида эффектив. Касалликнинг кейинги босқичларида дарднинг авж олишини олдини олиши ва беморнинг аҳволини бироз енгиллаштириши мумкин.

Жаррохлик усули билан касалликни даволаш

Жаррохлик усули энг самарали варикоз давоси хисобланади. Бу муолажада касалланган томирлар олиб ташланади ёки склерозловчи модда билан беркитилиб қўйилади. Веналарнинг артерияларга нисбати 10:1, содда қилиб айтганда веналар анча кўп. Шунинг учун хам бир неча касал томирлар олиб ташланса ҳам қон бемалол бошқа айланма йўлларни топа олади.

Склерозли муолажа варикоз веналарга махсус дориларни киритишдан иборат. Яъни, веналар олиб ташланмайди, балки махсус модда билан “елимлаб ёпиштирилади”. Аслида бу – жуда ингичка игна билан муаммоли жойга шунчаки укол қилишдир. Одатда бошқа усуллар билан биргаликда қўлланилади (компрессион муолажа, флебэктомия ва ҳоказо).

Варикоз касаллиги муносабати билан жарроҳлик йўли билан (операция номи флебэктомия) шикастланган веналар олиб ташланади. Бундан ташқари вена клапанларини даволаш (тикловчи операция) усуллари ҳам бор. Игна санчиш орқали бажариладиган кичик инвазив аралашув (эндоскопик флебэктомия, электрокоагуляция) ҳамда очиқ жарроҳлик амалиёти қўлланади.

Жарроҳлик муолажаси ёки склерозлаштирилгандан кейин 4–6 ой мобайнида чўзилувчан докалар ёки тиббий кийимлар кийиб юриш тавсия этилади.

Табиий воситалар ёрдамида варикоз давоси

Халқ тиббиёти қадим замонлардан бери, бу касалликни даволаш учун бир неча воситалар яратган. Бу муолажа бемор ахволини енгиллаштириши мумкин, лекин хасталикдан бутунлай қутқара олмайди. Фақат жарроҳлик усули бунга қодир.

Дамламлар

Каштан гуллари – 0,5 л ароққа 50 гр солинади. Иссиқ, қоронғи жойда 2 ҳафта тиндирилади, ҳар куни чайқатилиб, докадан ўтказиб турилади. 3–4 ҳафта давомида кунига 3–4 марта 30–40 томчидан ичилади. Настойкани уйқу олдидан кенгайган венали териларга суртилади.

Қичитқи ўт япроқлари – бир ош қошиғи бир стакан қайнаган сувга солиниб, сўнг 30 дақиқа тиндирилгач, докадан ўтказилади, овқатдан бир соат кейин кунига 3 маҳал бир стакандан ичилади. Қичитқи ўт япроқлари солинган дамламани касалликнинг бошланғич палласида ичилади, айниқса, оёқни настойка билан ванна қилинса, бу фойдали, уни тайёрлаш сиртдан қўлланадиган дорилар рецептларида келтирилган. 12 та каштанни қоқ иккига бўлинади ва 3 л қайнаган сув қуйилади, 200 гр шакар қўшилади ва совугач, пичоқ учида хамиртуруш ташланади. 10 кун тиндирилиб, сузғичдан ўтказилади ва кунига 3–4 маҳал бир стакандан, овқатдан 15 дақиқа олдин ичилади. Муолажа муддати 3–4 ой. Навбатдаги ачитқи 3 кун тиндирилади. Каштанлардан 3–4 марта фойдаланса бўлади.

Суртмалар

Каштан пўсти бўлиши эҳтимол тутилган ҳолат. Биринчидан (уруғ пўсти) қайнатмасидан оёқдаги оғриқларни йўқотишда, болдир мушакларининг тунги томир тортишларида фойдаланилади. 100 гр пўстлоқ уруғ пўстидан ванна тайёрлаш учун 2 л сув қуйилади, паст оловда 15 дақиқа қайнатилади, 4 соат тиндирилиб, сузғичдан ўтказилади. Муолажа вақти 15 дақиқа, бир курс муолажа муддати 10 кун, кунора бажарса ҳам бўлади.

Читайте также:  Можно ли избавиться от акне при помощи лечения в домашних условиях? Лучшие рецепты лечения акне в домашних условиях - Женское мнение - Екатерина Данилова

Оёқ ваннаси учун ботқоқ ўсимлиги настойкаси (димламаси) қуйидагича тайёрланади: 100 гр қуруқ ўтга 2 л қайнаган сув солиниб, тиндирилади, сузғичдан ўтказилади. Ванна ҳар куни ёки кунора қилинади, қичитқиўт настойини ичиб, муолажа бирга олиб борилади. Амал муддати 15 дақиқа, муолажа муддати – тузалгунча. 200 гр асалга бир ош қошиқ йирик туз аралаштирилади. Аралашма касал веналар бўйлаб оёқ терига юпқа қилиб суртилади. Пергамент қоғоз ёпиб (целлофандан фойдаланиш тавсия этилмайди), дока билан ўралади. Компресс икки кун сақланади, кейин бир кун дам берилади. Муолажа муддати 9 кун.

Сувли ва пишган помидор майда қилиб тўғралади ва қаттиқ шамоллаган веналарга ёпиштириб чиқилади, устидан дока билан енгил боғлаб қўйилади. 3–4 соатдан кейин янги помидор тўғрамлари билан алмаштирилади.

Варикоз касалликларини жарроҳлик операцияларсиз даволаш: одатда энг кўп бериладиган саволларга жавоблар.

Варикоз касалликларини жарроҳлик операцияларсиз даволаш: одатда энг кўп бериладиган саволларга жавоблар.

Бу муолажа варикоз веналарни энг оммабоп, самарали ва хавфсиз даволаш усули бўлиб, у махсус доривор препаратларни инъексия йўли билан томирга юбориш ҳамда эластик бинтларни ўраб қўйишдан иборатдир.

Муолажанинг натижаси узоқ муддата, аксарият холларда эса бир умрга яхши даволаниш ҳамда косметик жиҳатдан самарали хисобланади. Бизнинг клиникамизда даволанган, касаллик даражаси анча ўтказиб юборилган фақат 15% беморлардагина бу муолажа бирданига тўлиқ даволаниш имкониятини бермаган. Бу даволанувчиларнинг барчаси бизнинг назоратимиз остида бўлиб, қайтадан варикоз тугунлари пайдо бўлиши биланоқ, уларга такрорий қисқа даволаш курслари тавсия этилади.

Даволаш муолажаларида махсус усулда ўткирланган, қаликлиги соч толасидан бўлган игналардан фойдаланилади.

Бир муолажанинг давомийлиги ўртача 10-15 дақиқадан иборатдир. Даволаниш жараёни Сизнинг турмуш тарзингизга ҳеч қандай халал бермайди.

Биз қўллайдиган замонавий препаратлар – тромбовар(Франция), этоксилсклерон (Германия) ва фибровейн (Буюкбритания) мутлақо хавфсиз бўлиб оғриқ қолдириш таъсирига эгадир, шу сабабли уларни қабул қилиш чоғида, беморлар озгина “исмиллаш”ни ҳис этадилар холос. Агар даволаш муолажалари пайтида Сиз ўзингизда қандайдир ноқулайликлар (оғриқ, кўнгил айнаши, бош айланиши)ни ҳис қилсангиз, бу хақида албатта шифокорга айтинг.

Ушбу муолажалар оёқларингиздаги қон айланишини сезиларли даража яхшилайди, варикоз веналардаги қоннинг туриб қолишини бартарф этиб, касалликнинг барҳам топишга кўмак беради. Бунда нафақат қон томирларидаги шишлар, йўқолади, балки айни пайтда касалликнинг барча белгилари- оғриқлар, шишлар қалтираш, оёқлардаги толиқиш ҳам барҳам топади. Уш бу муолажа фақат зарарланган веналарга танлаб таъсир кўрсатиш орқали амалга оширилиб, унда соғлом веналар дахлсиз қолади. Даволаш муолажаларини тугатилгандан сўнг оёқларга маҳсус эластик бинт ўраб койилади, мазкур бинтларни сиз камида уч соат боғлаб юришингиз ҳамда уларни фақат кечга бориб ечишингиз мумкин бўлади.

Даволашнинг асосий афзалликлари:

Бунда операциядан кейинги чандиқлар, излар ва улар туфайли келиб чиқадиган асоратлар бўлмайди.

Бу усул биринчи галда косметик жиҳатдан маъқулдир, у туфайли қон томирлардаги тўрлар ва юлдузчалар йўқотилади.

Уш бу муолажадан сўнг сиз бемалол ўз иш фаолиятингизни давом эттиришингиз мумкин (Даволаниш муолажаларини ўтказиш учун касалхонада ётиш, кассалик варақасини очиш шарт эмас.)

Даволаш муолажалари неча маротаба ўказилиши керак?

Бу хар бир бемор учун алоҳида белгиланади.

Битта муолажа пайтида шифокор бирданига 10 та гача инъекция қилиниши мумкин (Ретикуляр веналарини даволашда эса 20 та гача инъекция қилиниши мумкин). Уколларнинг сони зарарланган веналарнинг ҳолатига ҳамда қўлланиладиган препаратнинг турига боғлиқ бўлади. Ҳар бир алоҳида холатда ўртача ҳисобда 7-10 та муолажа сеанслари ўтказилиши мумкин.

Даволаниш арафасида:

Эпиляция қилиш, ҳар хил лосьонлар, кремлардан фойдаланиш мумкин эмас.

Муолажадан олдин албатта душга тушиб, тозаланиб чиқинг, оёқларингизни оддий совун ёки бактерияларга қарши совун билан ювинг.

Муолажага ўзингиз учун қулай ва кенг кийимларда, оёкларни сиқмайдиган пойафзалда келинг.

Муолажадан 1,5 соат илгар енгилроқ бўлсада овқатланиб олганингиз мақсадга мувофиқдир.

Даволаниш олдидан:

Агар сиз бирор гормонал преаратларни қабул қилаётган бўлсангиз (контрацептив, эстроген, буқоққа қарши дорилар ва ҳоказоларни), ўзингизда қайси препаратларга нисбатан аллергия борлигини албатта шифокорга айтинг. Чунки уш бу препаратлар даволанишдан кйин, яна ретикуляр варикознинг қайта ривожланишига сабаб бўлиши мумкин.

Даволанаётган пайтингизда аспирин, трентал, ибупрофен ва бошка шамоллашга қарши препаратларни қабул қилишни тўхтатиб туринг, чунки ушбу дорилар оёқларингизда кўкаришларнинг ҳосил бўлишига олиб келиши мумкин, бундай кўк доғлар одатда 3-4 хафтадан кейингина йўқолади.

Даволанишдан 2 сутка олдин ва 2 сутка кейин алкоголи ичимликларни ичиш тақиқланади.

Муолажадан сўнг:

Жисмоний фаоллигингизни сусайтирманг. Ҳар куни камида 1 соат пиёда юринг.

Узоқ вақт бир жойда туришдан, ўтиришдан айниқса оёқларингизни бир- бирига чалиштириб ўтиришдан сақланинг.

2 хафта давомида иссиқ сувли ванна қабул қилманг ва 1,5- 2 ой мобайнида сауна ва ҳаммомга тушманг.

Эсингизда тутинг, даволаниш ҳамма вақт ҳам касалликни бир умрга бартараф этишга олиб келмайди, сиз яна қайта даволаниш муолажаларини олишингиз мумкин. Касаллик қайталанишидан сақланишнинг энг яхши йўли бу қулай пойафзал кийиш ва доимий равишда шифокор- флеболог назоратидан ўтиб туришдир.

Қандай ёндош таъсирлар бўлиши мумкин?:

Муолажалар давомида аллергик реакцияларининг учраши жуда камдан- кам кузатилади. Одатда аллергик реакциялар хавфи кўпроқ бошқа медикаментларга аллергияси бўлган бемоларда учрайди. Кўпинча тирида тошмалар пайдо бўлиши кузатилади, бу одатда қилинаётган нъекцияларининг турига ва эластик бинтларнинг матриалига боғлиқ бўлади, айрим холларда улар бир сутка ёки ундан кўпроқ муддат давом этиши мумкин (бундай пайтларда лоратадин, кларитин, супрастин, тавегил ва бошқа дориларни ичиш тавсия этилади).

Жуда кам ҳолларда, терининг вақтинча қорайиши кузатилиши мумкин.

Инъекциялар қилинган жойларда давомий оғриқлар одатда жисмоний зўриқиш юз берганда пайдо бўлиши мумкин, бундай оғриқлар 3- 9 суткагача чўзилади.

Болдир соҳсидаги қисқа муддатли шишлар эластик бинтларни ечгандан сўнг ўз- ўзидан йўқолади.

Вена қон томирларининг яллиғланиши- тромбофлебит- даволанишнинг камдан- кам учрайдиган аорати бўлиб, у 7- 10 кун мобайнида консерватив даволаш натижасида барҳам топади.

Эсингизда тутинг, юз бериши мумкин бўлган барча асоратларнинг энг мақбул давоси- бу шифокорнинг маслаҳатига қатъий амал қилишдир!

Энг муҳими- шифокорнинг қайта назорат қўригига у белгилаган муддатларда боришдир.

Хожахмедов Эркин Советбекович

Врач – флеболог высшей категории.

Без операционное лечение;

варикозно раширенных вен нижних конечностей;

сосудистые звездочки, сосудистые сеточки;

косметическая коррекция вен кистей и стоп;

Место работы: UNI MEDICAL CARE

Адрес: Ташкент Мирзо-Улугбекский р-он, ул. Мустакиллик д.59а тел. 237-08-48; 237-11-56

Ориентир: пр. Хамида Олимжана

Моб.тел. +998 90 943-45-59

Варикоз касаллиги — сабаблари, аломатлари, даволаш, халқ табобати, олдини олиш

Варикоз касаллиги — сабаблари, аломатлари, даволаш, халқ табобати, олдини олиш

Веналарнинг варикоз кенгайиши — тез-тез кузатиладиган патологик жараён, веналарнинг (қонни юракка қайта олиб борувчи томилар) шикастланиши билан ифодаланади. Патология учун томир бўшлиғи диаметрининг кенгайиши, веноз деворларнинг ингичкалашиши ва аневирзмасимон маҳаллий кенгаймалар — «тугунчалар» ҳосил бўлиши характерлидир.

Бугунги кунда варикоз енг кўп учрайдиган касалликлардан бири бўлиб, у ҳар учинчи аёл ва ўнинчи еркакда қайд қилинади. Статистикага кўра, бу касаллик кўпинча 30-40 ёшлик даврда учрайди. Асосан қуйидаги соҳаларда кузатилади:

  • Оёқларнинг пастки қисмида;
  • Ошқозон ва қизилўнгачда;
  • Кичик тосда;
  • Мояклар ва уруғ йўлларида.

Мақолада касалликнинг енг кўп учрайдиган жойи — оёқлардаги варикозга урғу берилади.

Сабаблари ва ривожланиш механизми

Варикозли касаллик ривожланишига «старт» берадиган механизм — веноз клапанларнинг нормал фаолияти бузилиши ва рефлюкс юзага келиши саналади. Ҳужайравий даражада бу мушак ҳужаялари, коллаген ва веноз деворнинг еластик толалари ўртасидаги физиологик мувозанатнинг бузилиши билан боғлиқ.

Асосий сабаблар

  • Зарарли касб. Бунда узоқ муддат тик ёки ўтирган ҳолатда ишлашга тўғри келиши тушунилади. Узоқ муддат тик турганда оёқлардаги қон томирларда қон босими ошади, веналарда ўзгаришлар кузатилади. Ўтирган ҳолатда еса веналарнинг босилиши оқибатида қон димланиши содир бўлади. Атроф-муҳитнинг доимий равишда юқори ҳароратда бўлиши ҳам салбий таъсирга ега;
  • Тана вазнининг сезиларли даражада ортиши;
  • Ирсий мойиллик. Агар ота-онанинг ҳар иккисида веналарнинг варикоз кенгайиши аниқланган бўлса, бу касаллик фарзандларида 90% еҳтимоллик билан учраши мумкин. Агар ота-онадан фақат биттаси касаллика дучор бўлган бўлса, еҳтимоллик 60% га пасаяди.
  • Гормонал таъсир(ҳомиладорлик ва гормонал препаратлар қабул қилиш натижасида).

Иккиламчи сабаблар

  • Веналар орқали қон ўтиши билан боғлиқ тўсиқлар. Бундай тўсиқларга тромбоз ёки шишлар мисол бўла олади;
  • Стресс ва асаб касалликлари. Улар томирларнинг ҳолатига таъсир қилади. Томирлар деворида уларнинг таранглигини (тонусини) таъминловчи нерв охирлари мавжуд. Уларга тушадиган босим кучайса, турли токсинлар ва спиртли ичимликлар таъсир қилса, томирлар тонусини йўқотади ва кенгаяди;
  • Артериал-веноз анастомозлар. Бундай анастомозлар артериал қон ҳужайраларининг оқими ҳудудида босим туфайли шаклланиши мумкин;
  • Спортив зўриқишлар. Хавф гуруҳига штанга каби оғирликларни кўтаришни севувчилар киради. Касалликка мойиллик мавжуд бўлса, оёқларни ҳаддан ташқари оғир жисмоний машқлар билан зўриқтириш ва оғирликлар кўтариш тақиқланади;
  • Ноқулай кийим ва поябзал. Жуда тор кийимлар, масалан тор шимлар веналарнинг варикоз кенгайишига олиб келиши мумкин. Бундан ташқари, тор ва баланд пошнали поябзал ҳам зарарли. Поябзални танлашда кенг пошналарга афзаллик бериш керак, бу иёқларга тушадиган юкни камроқ бўлишини таъминлайди. Юпқа ва баланд пошналарда (шпилка) юриш ва мувозанатни сақлаш оёқлар ва веналарга катта юк туширади.

Бу омиллар томирларнинг кенгайишига, веноз босимнинг кучайишига ва веноз клапанлар нормал фаолиятининг бузилишига олиб келади. Натижада оёқ томирларида патологик қон айланиши — рефлюкслар юзага келади. Айнан шу касалликнинг вақт ўтиши билан кучайиб бориши ва веноз тизимига тушадиган юкни кўп марта ошишига сабаб бўлади.

Қоннинг тўғри, яъни оёқ веналарида пастдан тепага оқиши бир неча омиллар билан таъминланади:

  • Артериялардаги қон босими;
  • Қоннинг тескари оқишини олдини олиш учун қон томирлар моторикаси;
  • Клапанларнинг мавжудлиги.

Клапанлар ўз функцияларини бажара олмаслиги веналарда қон оқимининг бузилишини келтириб чиқаради ва томирларнинг ортиқча чўзилишига олиб келади. Шу сабабли қон оқими тартибсиз бўлади, оёқларнинг пастки веналарида тўхтаб қола бошлайди (айниқса тери ости веналарида), улардаги босим ортади, вена деворлари кенгайиб ва ингичкалашиб боради.

Аломатлари

Варикоз аломатлари бевосита касаллик босқичига боғлиқ.

И ва ИИ босқичларда

  • Оёқ, болдир ва сонларда веноз нақшларнинг пайдо бўлиши;
  • Оёқларда оғирлик, босим, ўртача оғриқларни ҳис қилиш;
  • Тортишишлар, айниқса кечаси;
  • Ишдан кейин, куннинг охирида оёқларнинг шишиши;
  • Тез чарчаш.

ИИИ ва ИВ босқичларда

  • Шишлар;
  • Қон томирли юлдузлар (телангиоектазиялар);
  • Турли оғриқлар (пулсли, мушакларда қичишиш, юриш пайтида оғриқ, вена бўйлаб оғриқ, умумий оғриқ ва оёқларнинг қақшаб оғриши);
  • Болдир ва товон ёнлари териси юзасида узун варикоз веналар пайдо бўлиши;
  • Тери ўзгаришлари — унинг қуриши ва пигментацияси, қорайиши ва жигарранг доғлар билан қопланиши. Бундан ташқари, бу белгиларга кейинчалик бир қатор касалликлар, хусусан дерматит, екзема ва трофик касалликлар, яралар қўшилиши мумкин.

Камдан-кам ҳолларда веналар ёрилиши натижасида қон кетиши қайд қилинади, бу ҳодиса асосан тунда содир бўлади.

Ташхислаш

Варикоз белгилари аниқланганда, тўғри ташхис қўйиш учун фелболог, невролог ёки жарроҳга мурожаат қилиш керак. Бунда ултратовушли текширув (УТТ) ёки флебография керак бўлиши мумкин.

Варикозни даволаш

Терапия ташхис тўғри қўйилгандагина самарали бўлади. Даволовчи шифокор қуйидаги даво усулларини танлаши мумкин:

  • Дори-дармонлар билан (медикаментоз) даволаш (крем, малҳам, таблеткалар);
  • Симптоматика ва касалликнинг босқичига қараб комплекс муолажалар;
  • Жарроҳлик аралашуви (зарарланган томирларни олиб ташлаш).

Крем ва малҳамлар

Бундай воситалар касалликнинг дастлабки босқичларида ёрдамчи даволаш ва ривожланишини олдини олиш воситаси сифатида қўлланилади. Улар қуйидагича таъсир кўрсатади:

  • Оғриқни, шишларни камайтиради;
  • Клапанлар тизими фаолиятини яхшилайди;
  • Қон томир деворларининг тонусини оширади;
  • Нормал қон айланишини тиклайди;
  • Асоратлар ривожланиши олдини олади.
Препарат номиТаъсири
ТроксевазинҚон айланиши тизимининг фаолиятини нормаллаштирадиган фаол модда — троксерутинни ўз ичига олади. Яллиғланиш, шишларни бартараф қилади, капиллярларни мустаҳкамлайди, венотоник хусусиятларга ега.
ДетралексТомирларида қон димланишини камайтиради, лимфа оқимини яхшилайди.
РутинВитамин П (рутин ва бошқа биофлавоноидлар), шишлар, яллиғланишни камайтиради, қон томирларини мустаҳкамлайди, тортишишларни йенгиллаштиради ва веноз яра ҳосил бўлишини олдини олади.
АесцинОт каштани уруғлари екстарктини ўз ичига олади. Қон томир ўтказувчанлигини ва юлдузчалар сонини камайтиради, тонусини оширади, яллиғланишни, шиш, қоннинг қуюлиб қолиши жараёнини заифлаштиради ва микросиркуляцияни яхшилайди.
ВенорутонҚон айланиш тизими фаолиятини тиклайдиган оксерутинни ўз ичига олади. Яллиғланишни бартараф қилади, тромб ҳосил бўлишига қаршилик қилади.

Таблеткалар

Таблеткалар касалликка маҳаллий таъсир қилмасада, комплекс даволаш қисми сифатида қўлланилади. Уларнинг таъсири:

  • Қон томирлар тонусини яхшилайди;
  • Яллиғланиш жараёнини бартараф қилади;
  • Қон оқими ва лимфатик дренажни тезлаштиради;
  • Микросиркулятив касалликларини бартараф етади.

Венарус. Қон томирлари тонусини оширади, чўзилувчанлик, ўтказувчанлик, капилляр синувчанлигини камайтиради, сезиларли даражада веноз димланишни, яллиғланиши камайтиради, қон томир деворларини шикастловчи еркин радикаллардан ҳимоя қилади.

Анвенол. Қон томир ўтказувчанлигини камайтиради, микросиркуляцияни яхшилайди, артериолаларни кенгайтиради, томирлар тонусини оширади, периферик қон айланишини яхшилайди.

Ескузан. Ушбу препарат яллиғланишга қарши ва тоник хусусиятларга ега, томир девори мустаҳкамлигини оширади, капилляр синувчанликни камайтиради, шиш ва қон димланишини олдини олади, чарчоқ, оғирлик, зўриқиш, қичишларни йенгиллаштиради, турли органлар ва тўқималарда тузалиш жараёнини тезлаштиради.

Венорутон 300. Шишни камайтирувчи, оғриқ қолдирувчи, тортишишга қарши таъсир кўрсатади ва микросиркуляцияни яхшилайди, трофик касалликлар ва яраларни бартараф етади.

Ангистакс. Томирлар еластиклигини оширади, қон томир ўтказувчанлигини меъёрлаштиради, шиш шаклланишини олдини олади ва мавжуд шишларни камайтиради.

Терапевтик муолажалар

Ендовазал лазерли коагуляция. Шифокор шикастланган томирга лазер билан таъсир ўтказади ва натижада юлдузчалар йўқолади. Муолажа маҳаллий оғриқсизлантириш остида ўтказилади. Бир неча ҳафта ўтгач терида ҳеч қандай излар қолмайди. Дастлабки босқичлардаги варикоз давоси сифатида қаралади.

Склеротерапия. Фаолияти бузилган вена ичига инйекция орқали махсус моддалар юборилади, улар томирларни бутунлай жипслаштириб, ёпиштириб қўяди. Натижада қон томир фаолияти тўхтайди ва қон сўглом томирлар орқали оқа бошлайди. Ушбу муолажа барча беморлар учун ҳам мос келмайди. Фақат тугунлар жуда катта бўлмаган тақдирда белгиланади.

Озонли терапия. Озон кичкина игна билан қон томир ичига юборилади ва томирни ёпиштириб қўяди. Сезиларли натижага еришиш учун бир неча муолажа йетарли. Қон томирлари юлдузчаларини йўқ қилиш учун ишлатилади.

Флебектомия. Жарроҳлик аралашуви бўлиб, шикастланган томирларни олиб ташлашни назарда тутади. Операциядан кейинги куниуйга қайтиш мумкин, лекин камида бир ой махсус пайпоқ кийиш ёки еластик бинт боғлаб юриш лозим.

Компрессион терапия. Усулнинг самарадорлиги кўплаб тадқиқотлар натижаси билан тасдиқланган. Компресс натижасида юзаки веналар диаметри, улардаги рефлюкс, капилляр филтрация камаяди, чуқур веналар бўйлаб оқадиган қон тезлиги ортади. Лимфатик дренаж яхшиланади, резобрция кучаяди.

Клиник амалиётда компрессион даволаш учун кўпинча еластик бинтлар ёки компрессион трикотаж ишлатилади.

Варикозни даволашда шифобахш жисмоний тарбия ва терапевтик трикотаждан фойдаланиш тавсия етилади. Бу оёқлардаги оғирликни йўқотишга, қон айланишини нормаллаштиришга ва веноз қоннинг турғунлигини бартараф етишга ёрдам беради.

Бемор касби ўтроқ бўлса, ҳар куни пиёда юришга ҳаракат қилиш ижобий таъсирга ега бўлади. Велосипед ва сузиш ҳам тавсия етилади. Бироқ, югуриш томирларнинг ҳолатига салбий таъсир кўрсатиши мумкин.

Халқ табобати

Муҳим! Варикозни уй шароитида даволаш учун халқ табобати воситаларини ишлатишдан олдин шифокор билан маслаҳатлашиш зарур!

Касалликни ўсимликлар билан даволашнинг бир нечта фойдали томонлари:

  • Фитотерапия касаллик сабабларини бартараф қилади;
  • Ўсимликлар минимал миқдордаги қарши кўрсатмалар, ножўя таъсирга ега;
  • Ўтлар касалликни даволашидан ташқари, тўқималарни витаминлар ва бошқа озиқ моддалар билан бойитади;
  • Нархлари ҳамёнбоп.

Патли каланхое. Каланхое барглари яхшилаб ювилиб, бир литрли банкага солинади (барглари ярим банка бўлиши керак). 70% спирт билан тўлдирилиб, қоронғи жойда 14 кун давомида сақланади. Қўллашдан олдин яхшилаб чайқатилади. Ҳар куни ётишдан олдин оёқларга суртилади. Оғриқ дастлабки қўллашдан кейиноқ камаяди. Варикоз охирги босқичларда бўлса, даволаниш 4 ой давом етади.

«Антоновка» олмаси. 1 литр қайнаётган сувга 3 та олма солиб, қопқоғи ёпилади ва 4 соат давомида иссиқ жойга қўйилади. Сўнг олмани олиб ташламасдан, улар езилади, аралаштирилади ва тиндирилади. 1 ош қошиқ асал қўшган ҳолда 50 граммдан ерталаб нонуштадан ва кечқурун ётишдан олдин ичилади. Бундан ташқари, ушбу восита қонни тозалайди, уйқу ва иштаҳани яхшилайди.

Картошка. 5 та картошка пўстидан тозаланади ва қирғичдан ўтказилади. Олинган бўтқа оёқларга суртилади. 4 соатдан кейин оғриқ бутунлай ўтиб кетади. Шундан сўнг восита илиқ сув билан ювиб ташланади.

Ёғ билан саримсоқ. Бир қисм езилган саримсоқ икки қисм сариёғ билан аралаштирилади. Ухлашдан олдин аралашма бўртиб турган веналарга суртилади ва устидан қоғоз ёпиб, бинт ёки рўмол билан ўраб қўйилади. Ерталаб восита ювиб ташланади ва оёқлра илиқ ва юмшоқ нарсалар кийилади.

Асоратлари

Касалликнинг ўзи емас, балки унинг фонида ривожланадиган тромбофлебит хавфли саналади. У тромблар шаклланишига олиб келиши, улар ўз навбатида вена бўшлиғини тўсиб қўйиши ёки узилиб кетиб, пастки ғовак вена бўйлаб ўпкага тушиши мумкин. Иккинчи ҳолатда ўпка артерияси тромбоемболияси кузатилиб, оғир асоратларга, баъзан еса ўлимга олиб келиши мумкин. Ушбу ҳолатни олдини олиш учун бир қатор терапевтик чора-тадбирлар мавжуд.

Ўпка артерияси тромбоемболияси аломатлраи кузатилганда дарҳол тез ёрдамга мурожаат қилиш керак. Клиник белгилар қуйидагича кўриниш олиши мумкин:

  • Кўкрак соҳасида тез, босувчи оғриқ;
  • Коллапс ҳолатига тушиш;
  • Оғиз-бурун учбурчагида сианоз (кўкариш);
  • Нафас олишда хириллаш.

Агар касалликда иситма ёки заифлик каби белгилар кузатиладиган бўлса, бу касалликнинг асоратларидан далолат беради. Варикознинг асоратлари қуйидагича намоён бўлиши мумкин:

  • Екзема;
  • Тери яралари;
  • Юзаки жароҳатларда ҳам кучли веноз қон кетиш;
  • Тромбофлебит;
  • Трофик яра;
  • Флеботромбоз;
  • Тугунлардан қон кетиши.

Варикозни олдини олиш

Касалликни даволашдан кўра олдини олган осонроқ. Веналарнинг варикоз кенгайишига тўсқинлик қила оладиган баъзи бир ҳаётий қоидалар:

  • Касб ўтроқ бўлса, вақти-вақти билан танаффус қилиш, кўпроқ пиёда юриш. Иш жойида махсус гимнастика қилиш мумкин;
  • Касб кўпроқ тик туришни талаб қилса, аксинча, дам олиш учун вақт ажратиш;
  • Ўтирганда бир оёқни иккинчиси устига чиқариб ўтириш одатини ташлаш;
  • Тор ва қисиб турувчи кийимлар киймаслик (масалан тор жинси, умуман аёлларга тор кийимлар кийиш қатъий тақиқланади, бу ҳолатда урогенитал тизим соҳасида қон айланиши бузилади);
  • Доимий равишда баланд ва ингичка пошнали пояфзал киймаслик (бундай пояфзал байрам кунларида кийилади);
  • Агар ич қотишикузатилса, уни шундайлигича қолдирмаслик. Қабзият кичик чаноқда қон айланиши босимини оширади;
  • Велосипед ҳайдаб туриш, кўпроқ сузишга ҳаракат қилиш;
  • Дам олиш чоғида вақти-вақти билан оёқларни юқори қилиб ушлаш (юракдан 15-20 см баландроқ);
  • Мунтазам равишда машқлар бажаришга ҳаракат қилиш, тана вазнини меъёрда ушлаш;
  • Зарарли озиқ-овқат ва ширинликлар истеъмолини камайтириш, кўпроқ мева ва сабзавотлар истеъмол қилиш;
  • Ёмон одатлардан воз кечиш (масалан чекиш ва алкоголли ичимликлар ичиш);
  • Контрастли душ қабул қилиш;
  • Сувсизланишни олдини олиш учун жунига камида 2 литр сув ичиш;
  • Қуёшда тобланишни меъёрдан ошириб юбормаслик.

ВАРИКОЗНИ ДАВОЛАШ

ВАРИКОЗНИ ДАВОЛАШ

ОЁҚ ВЕНА ТОМИРЛАРИНИНГ ВАРИКОЗ КЕНГАЙИШИ

Оёқларимиздаги варикоз томирлар кенгайиши моҳиятини баён қилишдан аввал озроқ лирик чекиниш қилсак…

Замонавий тушунчаларга кўра бўйи 150 см дан паст одамлар пакана, 150-165 см оралиғидагилар паст бўйли, 165-175 см лар оралиғидагилар ўрта бўйли, 175-200 см оралиғида бўлганлар баланд бўйли ва 200 см дан катта бўлганлар гигантизм дейилади.

Бўй қанчалик баланд бўлса қон томирлар шунчалик узун бўлади, демакки оёқ учлари, бош мия ва яна айрим аъзолар қон ҳайдаб берувчи насос-юракдан шунча узоқ жойлашади.

Бу эса мазкур аъзоларни қон билан оқилона таъминлаш имкониятини пасайтиради. Албатта, юрак чиниққан ва бақувват бўлса бир амаллайди-ку, аммо замонавий одамларимиздагидек ёг босган, клапанлари аранг ишлаб турган бўлса-чи?

Муҳтарам пайғамбаримиз Муҳаммад (с.а.в) ўз замонларида «Қулли қавийлун аҳмақун, илло Умарун, қулли қосийрун фитнатиун илло Алийун (Ҳазрати Умардан бўлак узун одамларнинг ҳаммаси аҳмоқдур, ҳазрати

Алидан бўлак ҳамма паст бўйли одамлар фитначидур) деганлар. Маълумки тўрт улуғ халифаларнинг бири-

Ҳазрати Умар ибн Хаттоб ўта бақувват ҳамда дароз, пайғамбаримизнинг куёвлари ҳазрати Али разияллоҳу анҳу эса аксинча паст бўйли бўлган. Ушбу ҳадиснинг моҳиятига етиш учун инглиз тадқиқотчиси Кларк

Уоррен деярли ўн йил бу масалани ўрганган. У турли бўй узунлигига эга бўлган 5000дан ортиқ одамларнинг анатомо-физиологик хусусиятлари, қон айланиши ва юрак фаолиятининг ўзига хослиги, бош мияда қон айланишидаги фарқларни ўрганиб, ўзаро қиёслаган.

Тадқиқот натижалари ҳайратангиз тарзда расулллоҳнинг фикрларини тасдиқлаган; юрак билан бош мия оралиғи қанчалар ўзаро яқин бўлса (яъники бўй паст ва ўртача бўлса) бош мия қой билан ва табиийки кислород ҳамда озиқ моддалар билан шунчалар яхши таъминланган, бундай калла ҳар балони бошлашга қодир бўлган.

Ва аксинча бўйи дароз, ҳамда ўта баланд (гигантизм) ҳолларида бош мияга қон келиши нисбатан ёмонлашиб, кислород ва озиқ маҳсулотлари билан таъминланиш шунчалик ёмон бўлган, бундай одамлар- нинг фикрлаш даражаси ҳам ўзига яраша бўлган.

Жаҳон тари- хида яхшими-ёмонми ўрин ололган одамларнинг аксариятида бўй пакана ва паст бўлган.

Масалан генералиссимус Суворовнинг бўйи 158 см, Владимир Лениннинг бўйи 153 см, Наполеон

Банопартнинг бўйи 156 см, Гитлерники 160 см, Муссолининг бўйи 155 см, Иосиф Сталининг бўйи 156 см,

Чарли Чаплиннинг бўйи 150 см, машҳур башоратчи ва кўзбойлоғич Вольф Мессингнинг бўйи 153 см, 20 асрнинг энг буюк оли- ми деб тан олинган Альберт Эйнштейннинг бўйи эса бор- йўғи 154 см атрофида бўлган.

Замондошлари даҳо Пушкинни ҳам паст бўйли, аммо елкалари кенг, сочсоқоли жингалак одам сифатида таърифлашган.

Исми-шарифини санаб ўтсам хафа бўлишади-ю, лекин тиббиётимизнинг кўзга кўринган олимларининг аксарияти бўй ўртача ва паст.

Шу билан бирга ичи ҳасадга тўла, бировга яхшилик ва одамийлик қилиш у ёқда турсин, яхши сўзни ҳам раво кўрмайдиган айрим нусхаларнинг ҳам бўйи нисбатан пастлигига эътибор берганман.

(Юнусободда айнан ана шундай бир оила билан 10 йиллар қўшничилик қилганман). Сахти-сумбати сўқимдек келадиган бир профессорни биламан, отасининг обрўйи ва пулининг орқасидан олим даражасига етган, аммо дунёқарашлари, маънавияти, инсонийлик даражаси, муомала маданияти, билимлари кўламига қараб уни псевдопрофессор (сохта профессор) деб атагинг келади.

Хўш, бу статистик маълумотни нима учун келтирдим? Бу айнан оёқлардаги қон айланишнинг ўзига хослиги билан боғлиқ бўлади.

Оёқ веноз қон томирларининг варикоз кенгайиши ҳам аосан бўйи узун одамларда кўпроқ учрайди (айниқса аёл кишининг бўйи меъёрдан узун бўлса).

Бундан ташқари бўйи узун ва дароз аёлларнинг деярли ҳаммасида умуртқа поғонаси билан боғлиқ муаммолар, бош оғришлари, бош айланишлари, ҳайз кўришда кўплаб муаммолар юзага келади.

Бу билан қанча пакана бўлсанг шунчалик яхши деган фикр келиб чиқмаслиги керак асло, чунки ўта паканалик ҳам (155 см дан паст бўлиш) бирор-бир сурункали касалликнинг болалик отлиғ улуғ даврдан ҳамроҳ бўлиб келаётганлини билдириши мумкин.

« Қозиқнинг учи ҳам, кети ҳам бўлмагин; учи бўлсанг ерга кириб кетасан, кети бўлсанг болга еисан, ўртаси бўлсанг жин ҳам урмайди» дейишади машойихлар.

Уртача бўлинг, тамом-вассалом!

Оёқларимизда варикоз кенгайишга маҳтал бўлиб турадиган иккита йирик томир бор; булар-оёқларнинг орт қисмида катта тери ости ва олд қисмидаги кичик тери ости веналаридир.

Бу веналар орқали оёқдаги қон юракка қараб оқади. Қоннинг қуюқлашишида, юрак мушакларининг заифлигида, вена клапанларининг яхши ишламаслигида, бўйнинг ҳаддан ташқари узунлигида, моддалар алмашинуви бузилишида,

витаминлар танқислигида, гормонал ўзгаришларда, ҳар кунги узоқ муддатлик тик туриш билан боғлиқ меҳнат фаолияти (сартарош, хирург, сотувчи, чайқовчи, қароқчи) оёқ учидан веноз қон юраккача етиб кела олмайди, буяинг оқибатида у ойлаб-йиллаб давом этиб, тери остида кўкимтир, қизғиш, буралган, қийшайған, шишган бўртмалар пайдо бўлишига олиб келади.

Баъзан чеҳрасига қарасанг бир қошиқ сув билан ютгинг келадиган соҳибжамолларнинг оёқларидаги варикоз шу даражада ката ва хунук бўладики, бемалол ҳар қандай гўзалликни компенсациялаб юбора олади.

«Агар оёқ томирлари клапанлари яхши ишламаса оёқларда шиш пайдо бўлади. Бунда оёқларингиз шишиб, тош боглаб қўйгандек огир ҳислар пайдо бўлади» деди доктор Гинзбург.

Томирларнинг варикоз кенгайиши ннаслдан-наслга берилади. Албатта. бу-болалар ва невараларнинг ҳаммасини худо уриб қўяди, деган гап эмас.

Варикоз кенгайишининг ирсий мойиллигигина наслдан-наслга ўтади, холос. Агар бу жиҳатдан ирсияти носоғлом авлод спорт билан шуғулланса. қўшимча касалликлари бўлмаса варикоз кенгайиш кузатилмаслиги ва аксинча ирсияти яхши авлод носоғлом турмуш тарзи кечириб, семириб кетса варикоз пайдо бўлиши мумкин.

Луис Наварро каби шифокорлар оёқ веналари варикоз кенгайишининг асосий сабабларидан бири-қоннинг кўпайиб кетиши», – деб ҳисоблайди.

«Веналар – девори жуда юпқа томирлардир, – дейди у. Улар паст босим остида ииллашга ихтисослашган.

Агар вужудда қон кўпайиб кетса, улар кенгайиб кетишга мажбур бўлади, бу эса варикоз кенгайиб кетишга олиб келади, – деб хулоса қилади у ўзининг «Веналар варикози билан қандай курашиш мумкин» деб номланган китобида.

Мен ушбу китобни ўқиб чиқиб, бугунги кунда фақат гунг, кар, соқов хонандалик қилмаяпти, фақат олигофрениянинг идиотизм босқичидаги одамгина китоб ёзмаяпти деган қайғули хулосага бордим.

Малаховнинг «целительнье силь1», Армстронгнинг «Уринотерапия» китоблари билан танишганимда ҳам айнан шундай фикрлар бошимда гужғон ўйнаган эди.

Менимча Луис Наварро жаноблари ҳам мен ўқитган айрим талабаларга ўхшаб, институтни тадбиркорлик қилиб битирган бўлса керак.

Чунки, Аллоҳи карим инсонни ҳамма томонини мувозанат ва ўлчам билан яратган. Аъзо ва тизимларимиз бош мия билан «тескари алоқалар қонунияти «асосида ишлайди.

Қон томирларимиздаги айланувчи қон ҳажми бир кеча-кундузда бир неча марталаб ўзгариб туради. Суюқлик ичганимизда, овқатланганимизда унинг ҳажми ошади.

Бу қон томирлар деворидаги осморецепторлар ва механорецепторлар орқали дарҳол бош мияга берилади.

Бош мия эса рефлектор равишда буйракларга фармон бериб, пешоб ажралишини кучайтиради, капилляр қон томирлар деворидаги ўтувчанлик кучайиб, қоннинг суюқ қисми ҳужайралараро бўшлиққа берилади.

Шу билан бирга айланувчи қоннинг ҳажми ошиб кетганида ўзимиз билмаган ҳолда буйракларимиз рефлектор равишда пешоб ажратишни, тер безларимиз тер суюқлиғи ишлаб чиқаришни кучайтиради. Буларнинг барчаси жуда тез муддатларда айланувчи қон ҳажмини меъёрига келтиради.

Ёки, аксинча, терлаганимизда, кўп суюқлик йўқотганимизда ва қон кетганида рефлектор равишда пешоб ва тер ажралиши камайиб, ҳужайрараро суюқликнинг каттагина қисми қон томирларга тушиб, йўқотилган қон ҳажмини тиклашга ҳаракат қилади.

Шу боисдан ҳам юқоридаги фикр ҳақиқатга асло тўғри келмайди.

Оёқ веналарининг варикоз кенгайиши ҳомиладор аёлларда нисбатан кўп учрайди.

Бунинг сабаби шундаки, катта ва кичик тери ости веналари орқали оқиб келаётган қон катталашиб келаётган бачадон томонидан сиқилиб қолади, бу эеа пастки қисмларида кенгайишни юзага келтиради. Иккинчи
220

сабаби ҳомиладорлик пайтида тана вазнининг ошиб кетиши ва аёл вужудидаги гормонларнинг ўзгариб кетишидир.

Мен бирваракайига оёқ веналари билан мояк веналари кенгайиб кетган беморларни ҳам кўп кўрдим.

Одатда бундай одамларнинг бўйи нисбатан узун ва ўзлари жисмоний жиҳатдан чиниқмаган, таянч-ҳаракат тизими заиф, ёки семиз одамлардир.

Иккала мояк веналарининг бирваракайига варикоз кенгайиши жинсий қувватнинг сусайиб кетишига, асабийлашишга. бепуштликка, гормонал бузилишларга ва семириб кетишга олиб келади.

Оғриқни тез бартараф этиш усули

Бундай пайтлари оёқларни тана сатҳидан 30-40 см баланд қилиб ётишга тўғри келади.

Доктор Гинзбург бундай беморларга балетчиларга ўхшаб оёқларнинг учида турибтуширишни ҳар куни 50 мартагача бажариш тавсиясини беради. Унинг фикрича бу усул оёқларда қон айланишини яхшиланишига олиб келади.

Шу билан бирга оёқларни сиқиб турган туфли, пайпоқ, шимларни ечиш ҳам анча енгиллик беради.

Веналарни иссиқ қилиш ҳам огриқ ҳисларни бироз сусайтиради. Агар қарши кўрсатмалар бўлмаса таркибида аспирин, никотин кислота сақловчи дорилардан қабул қилиш лозим.

Узоқ муддатлик профилактика дастури

Оёқ веналарининг варикоз кенгайиши наслдан-наслга ўтиши боис шифокорлар унинг профилактикаси қай даражада самара беришини аввалдан айтиб бера олмайдилар.

Аммо, бир қанча тадбирлар борки, улар у, ёки бу даражада аҳволингизни яхшилаши мумкин.

Таркибида резина бўлган чўзилувчан бинт билан сиқиб боғлаб юриш варикознинг олдини олмаса-да, оғриқ ҳисларини анча камайтиради.

Шу билан бирга ҳар куни таркибида аспирин сақловчи кардиомагнил, ацекард, тромбоасс, тромбопол, аспирин кардио каби дорилар,

шу билан бирга қон томирлар деворларини мустаҳкамловчи аскорбин кислота, рутин, қон айланишини яхшиловчи никотин кислота, ксантинол никотинат, трентал, курантил қабул қилиш варикозларни даволашда етарлича самара беради.

Аксарият одамлар оёқларини чалиштириб ўтиришни маъқул кўрадилар. Менинг фикримча, ўтиришнинг ўзи бутунлай гайри-табиий ва инсон физиологиясига зид ҳолатдир, табиатга эътибор беринг-а, бирорта жонивор (масалан эшак, ёки суварак) думбасини ерга қўйиб ўтирармикан?

Мен ярим асрдан буён одамга ўхшаб ўтириб умргузаронлик қилган бирорта маҳлуқни учратмадим, қиёматгача ҳам учратмасам керак!

Биз ўтирганда тўғри ичакни эзиб ўтирамиз, бу ич қотишига, тўгри ичак ичидаги қон томирларни сиқиб ўтирамиз, бу бавосилга, простата бези (ёки бачадон) устини босиб ўтирамиз, бу эса сурункали простатитларга, бачадон қийшайишларига, бепуштликка олиб келади.

Оёқларни чалиштириб ўтириш эса боз яна оёқлар орқасида кенгайишга маҳтал бўлиб турган катта тери ости венасини эзиб варикозларга олиб келади.

Шу боисдан ҳам жониворлар имкон қадар тик турадилар, ёки ётадилар. Итни алдаб, ёки мажбурлаб ўтқизиб қўйишингиз мумкин, аммо у ҳам айёр кўзларингиздан нарироқ бўлгани заҳотиёқ ётиб оладилар.

Олимларнинг тадқиқотларига қараганда ўртача замонавий одам ўз умрининг 30-35% гача қисмини ётган, 28- 30% қисмини тик (тургани, юргани, югургани) ва яна 32-34% қисмини ўтирган ҳолда ўтказар экан (шундан 1-2% қисмини ҳожатхонада-унитазда ўтириб ўтказади).

Аммо, мен умрининг нақ ярмини ўтириб ўтказаётган одамларни кўп кўрдим. Узоқ ўтиришга мажбур бўлган ҳар қандай ҳолда макон топди, дегунча туриб, ёки ётиб, оёқларга ҳаракат беринг.

Инсон юрагига ҳар қандай аъзо ва тизимлардан қон оқиб келиши учун бир қанча омиллар иштирок этадилар.

Булардан биринчиси-юракнинг қисқариши ва бўшашиши билан боғлиқ бўлиб, юрак қанчалик чиниққан ва бақувват бўлса, у аъзо ва тўқималардан қонни шунчалик шиддат ва шижоат билан ўзига тортади.

Демак, юракни чиниқтириш лозим. Иккинчиси-нафас ҳаракатларга боглиқ кўкрак қафаси ичидаги манфий босим билан мусбат босимнинг алмашиниши бўлиб, ўпкаларнинг тириклик сигими қанчалик катта бўлса ва нафас ҳаракатларида иштирок этувчи мушаклар қанчалик кучли бўлса бу босимлар орасидаги нисбат шунчалар катта бўлади.

Демак, югуриш, сув спорти билан ўпкаларнинг тириклик сигимини ошириш лозим. Учинчиси-аъзолардан юракка қараб келувчи веноз томирлар ичида клапанлар мавжудлиги бўлиб, бу ҳолат юракдан пастдаги аъзоларга тааллуқлидир (бош мия, юз, бўйин соҳа веналарида клапан бўлмайди).

Бу клапанлар юракнинг систоласи ва диастоласи. нафс олиниши ва чиқарилиши маромларида қонни орқага қараб оқиб кетишига монеълик қилади.

Шу боисдан ҳам қон томирларни чиниқтириш катта аҳамиятга эга. Тўртинчидан-оёқ мушаклари қанчалик кучли ва чиниққан бўлса, улар веналарни шунчалик куч билан сиқиб, қонни юқорига ҳайдайди. мушаклари заиф ва ўзлари ўламсароқ одамларда бу омил фаолият юрита олмайди.

Демак, оёқ мушакларини чиниқтириш варикозларнинг олдини олишда улкан аҳамият касб этади.

Кашандалик, гиёҳвандлик, ичкиликбозлик каби носоғлом турмуш тарзи ҳам варикоз кенгайишнинг кучайиши ва улар ичида қон қуйқалари пайдо бўлишига омил бўлиб хизмат қилади.

Тадқиқотларга кўра оёқ веналарининг варикоз кенгайиши 62% гача ортиқча вазн, 26% ҳолда ўта озгин ва нимжон ва фақат 12% ҳолда вазни меъёрида бўлган одамларда учрар экан. Хулоса чиқариш ўзингиздан!

Яна бир энг муҳим омилни айтиб ўтиш эсдан чиқай дебди; сурункали қабзиятларда айниқса ёши 40 дан ошганларда ахлат тошлари пайдо бўлади.

Қабзиятдан шишиб, тошлар эзиб қўйган веналар ҳам қон айланишини бузиб, бавосилга, мояк ва оёқ веналари томирларини варикоз кенгайишига олиб келади.

Ҳурматли китобхон, кўриб турибсизки, оёқ веналарининг варикоз кенгайиши бир сабабли касаллик бўлмасдан, ўнлаб, ҳатто юзлаб хатарли омилларнинг уйгунлашмаси сифатида юзага келар экан. Мабодо, мазкур омиллардан бирортаси бартараф этилмасдан қолар экан, сиз бу машъум дарддан хаит бўлишингиз қийин.

Ўтган асрнинг охирларига қадар дармон таъсир қилмайдиган оғир шаклларида хирургик йўл билан томирлар қирқиб олиб ташланар эди.

Ҳозирги пайтда склеротерапия-яъни вена ичига куйдирувчи дори жўнатилиб, уни битишиб, деворлари ёпишиб кетишига олиб келадиган усуллар кенг йўлга қўйилган.

Бунда кенгайиб кетган вена томирлари ичига концентрацияси катта бўлган тузли эритмалар, ёки тетрадецильсульфат натрий киритиб, эластик бинт билан боглаб қўйилади. Бундай усўл бир неча кун такрорланади.

Тошкент Тиббиёт академияси клиникасининг томир жарроҳлари айниқса бу борада катта тажрибага эгадирлар.

Мен варикознинг огир даражаларига учраган бир неча беморларни тиббиёт фанлари номзоди, доцент Умаров Дилшодга юбориб, ҳаммаси самарали даволаниб кетганининг гувоҳи бўлдим.

Халқимиз орасида шундай ҳозиқ ҳакимларнинг борлигига шукроналар қилдим.
Аммо, хирургик усулларнинг барчаси ушбу касалликда охирги чорадир. Имкон қадар турмуш тарзини ўзгартириб, дори-дармонлар, халқ табобати билан ушбу дарддан халос бўлишга ҳаракат қилинг.

ВАРИКОЗ. ОЁҚЛАРГА ҚАНДАЙ ЁРДАМ БЕРИШ МУМКИН?

Веналар — бизнинг заҳматкашларимиз. Чунки улар организмимиздаги қон айланишини таъминлаб беради. Баъзида веналар ўз «иши»ни етарли даражада уддалай олмай қолади ва қон ҳаракати сусаяди. Натижада веналар кенгайиб, тугунчалар ва илонсимон нақшлар оёқларни «безайди». Оёқлардаги бу манзара тиббиётда веналарнинг варикоз кенгайиши — варикоз касаллиги деб ном олган.

Тошкент тиббиёт академияси 3-клиникаси хирургия бўлимининг олий тоифали шифокори, тиббиёт фанлари номзоди Ўринбой Равшанович АБДУЛЛАЕВ маълумот беради:

Варикоз касаллиги веналар девори ва клапан аппаратидаги патологик ўзгаришлар натижасида оёқ веналарининг турғун, қайтмас кенгайиши ва узайиши билан характерланади. Одатда, варикоз касаллигига шунчаки оёқлардаги косметик нуқсон, деб қаралади. Аслида эса ундай эмас. Варикоз бошқа аъзо ва тизимларимизни ҳам зарарлаши мумкин бўлган касаллик бўлиб, унинг морфологик субстрати айнан оёқларда акс этади. Кўпинча иш фаолияти узоқ вақт тик туриш (вертикал ҳолат) билан боғлиқ бўлган касб эгалари варикоз билан оғрийди. Қишлоқ аҳолисининг 15-18, шаҳарликларнинг эса20-25 фоизида учрайди.

Варикоз касаллигининг клиник жиҳатдан қуйидаги даражалари кузатилади:

Даражаси

Асосий белгилари

«Оғир оёқлар» синдроми, оёқларнинг вақтинчалик шишиши

Оёқлардаги турғун шишлар, оёқ терисининг гипо ёки гиперпигментацияси, липодерматосклероз, экзема

Веноз трофик яра (очиқ ёки ёпиқ)

Қандай аниқлаш мумкин?

Касаллик диагностикаси ўзига хос клиникманзараси (махсус синамалар) ва ультратовуш ангиосканерлаш ёрдамида амалга оширилади. Дастлабки босқичларида вена қон томирларининг бироз кенгайиши (симметрик бўлиши ҳам мумкин), пайпаслаганда юмшоқ бўлиши, осонгина пуччайиши ва улар устидаги терининг ўзгармаслиги кузатилади. Буларнинг барчаси саломатлигингизга жиддий эътибор бериш ва веналар аҳволини билиш учун мутахассисга мурожаат қилишга ундовчи асосий белгилар ҳисобланади. Демак, касалликнинг дастлабки белгилари:

  • оёқлардаги оғирлик сезгиси;
  • кечқурунга бориб оёқлардашиш пайдо бўлиши;
  • оёқларнинг тез толиқиши;
  • оёқларда (асосан, болдир соҳасида) веноз тугунчалар пайдо бўлиши;
  • вертикал ҳолатда — тик турганда веналарнинг бўртиб чиқиши;
  • тери қичишиши ва экземасимон дерматит ривожланиши;

Касаллик авж олганда эса болдир соҳасида трофик яралар пайдо бўлиши мумкин.

Авж олишида қандай омиллар етакчилик қилади?

Варикоз эркакларга нисбатан аёлларда 6 марта кўпроқ кузатилади. Яъни, аксарият ҳолларда касалликдан аёллар азият чекишади. Бу вазиятда етакчилик қилувчи омил ҳомиладорлик ҳисобланади. Эстрогенлар, прогестерон ва уларнинг аналоглари веноз қон томир деворидаги коллаган ва эластик толаларни зарарлаши ҳисобига томирлар тонусини пасайтириши илмий жиҳатдан исботланган. Бундан ташқари, ҳомиладорлик даврида умумий айланиб юрувчи қон ҳажмининг ортиши, катталашган бачадоннинг йирик веналарга босим бериши ва бу даврда қорин ичи босимининг ортиши ҳам касалликнинг ривожланишига туртки бўлади.

Шунингдек, баланд пошнали пойафзал кийиш ҳам касаллик хавфини келтириб чиқаради. Шифокорлар пошнаси 5 см.дан юқори бўлган оёқ кийим киймасликни тавсия этишади. Баланд пошнада оёқ панжаси ва болдир муайян ҳолатда ўрнашади. Оёқлар венаси учун асосий «насос» эса болдир мушаклари ва муҳимлиги жиҳатдан иккинчи «насос» оёқ панжаси ҳисобланади. Баланд пошнали пойафзалда оёқ панжаси фаол ишламайди, болдир ҳам муайян ҳолатда бўлгани учун унинг мушаклари ҳам фаол ишламайди. Буларнинг барчаси варикоз кенгайишга туртки бўлувчи оёқ веналарида қон ҳаракатининг сустлигига олиб келади. Шунинг учун аёллар кўпинча баланд пошнали пойафзал кийгач, оёқларида оғирлик ва шиш борлигидан шикоят қилишади.

Гавданинг статик ҳолатига ва жисмоний зўриқишга эътибор қаратиш жуда мухим. Бунда инобатга олиш керакки, узоқ вақт тик туриш ёки семизлик варикоз ривожланишига олиб келувчи омиллардан ҳисобланади.

Баъзи касб эгалари (хирург, сотувчи, сартарош кабилар) бошқа касбдагиларга нисбатан бу касаллик билан кўпроқ оғришади.

Жинси

Вертикал ҳолатда ишловчилар

Узок вақт статик зўриқиши бўлмаганлар

Варикознинг сабабига генетик мойиллик (кўпинча ота-онаси ҳам шу касаллик билан оғриган инсонларда учрайди) ва ирқий мансублик (монголоид ванегроид ирқларда кам учрайди) ҳам таъсир қилади.

Спорт билан шуғулланиш мумкинми?

Шубҳасиз, спорт саломатлик учун ижобий роль ўйнайди. Лекин спорт турлари кенгайган, варикоз ўзгарган веналардан халос қилмайди. Аммо мушакларнинг фаол ишлаши эвазига варикоз касаллиги авж олишининг олдини олади.

Шуниси ҳам борки, агар касалликка мойиллик бўлса, мураккаб машғулотлардан сақланган маъқул. Масалан, онасида варикоз бўлган қизлар айнан қайси спорт тури билан шуғулланишига жиддий эътибор қаратиш керак. Бу вазиятда велотренажёр, югуриш йўлакчаси ва сузишни танлаган маъқул. Жисмоний жиҳатдан зўриқмасликка ҳаракат қилиш лозим.

Варикозга чалинмаслик учун нима килиш керак?

Ўз билганингизча даволашга киришманг. Илк белгилари пайдо бўлганиданоқ шифокор-флеболог қабулига шошилинг ва ташхисни аниқлаш учун текширувлардан ўтинг. Чунки юқоридаги шикоятларнинг турли сабаблари мавжуд бўлиб, улар посттромбофлебитик касаллик, травматик ва туғма артерио-веноз оқмалар, Клиппел-Тренон синдромида ҳам учраши мумкин. Веналар борасида бирор муаммо (шиш, оғриқ, бўртиб чиққан веналар) бўлса, шифокорга мурожаат қилишни тавсия этаман. Шифокор веналарнинг ҳолатини баҳолаб, даво муолажаларини белгилайди.

Касаллик авж олишининг олдини олиш учун қуйидагиларни тавсия этиш мумкин:

  • аввало ҳаёт тарзингизни ўзгартиринг: кўпинча ўтириб ишлашингизга тўғри келса, вақти-вақти билан 10-15 дақиқалик танаффус қилиб, бироз юриш, енгил машқлар бажаришни одат қилинг. Агар туриш, юришнинг иложи бўлмаса, ўтирган жойингизда оёқларингиз панжасини фаоллик билан ҳаракатлантириб туринг;
  • сурункали равишда жисмоний зўриқишдан ва узоқ вақт тик оёқда туриб қолишдан сақланинг;
  • сузиш ёки енгил югуриш билан шуғулланинг;
  • баланд пошнали оёқ кийимлардан воз кечинг.;
  • варикозга қарши махсус чулкилардан харид қилинг;
  • кечқурунлари тузли ванна қилинг, оёқларингизни енгил уқаланг.

Касаллик энди бошланаётган бўлса-чи?

Бундай беморлар соғлом турмуш тарзига риоя қилишлари зарур. Фаол ҳаёт тарзи — бадантарбия билан шуғулланиш,жисмоний зўриқиш ва узоқ вақт тик оёқда туриб қолишдан сақланиш, спорт билан шуғулланиш, махсус эластик чулкилар кийиш ёки оёқларга эластик бинт тақиш лозим.

Қандай вазиятларда операция қилиш шарт?

Бу касалликнинг даволаш тамойиллари — эластик компрессия, медикаментоз терапия, склеротерапия ва оператив даводан иборат. Касаллик дастлабки босқичларида консерватив даволанади. Консерватив даво чораларига мунтазам риоя қилинса, бу касалликни шу босқичида тўхтатишга ёрдам бериши мумкин, холос. Варикоз ва унинг ривожланиши мумкин бўлган асоратларидан узил-кесил қутулиш учун эса ҳозирча фақат қон томир хирурги аралашувига тўғри келмоқда.

Касаллик бошланганиданоқ шифокорга мурожаат қилиш жуда муҳим. Бу билан даволашни операциясиз амалга ошириб, оёқларингизнинг нафақат саломатлиги, балки гўзаллигини ҳам сақлаган бўласиз.

Нилуфар ВАҲОБОВА суҳбатлашди

Манба: “SUGDIYONA газетаси

Читайте также:  Лечение грибка ногтей димексидом — Грибок Ногтей
Добавить комментарий